Mendesh De Xeaning xizmatlarini "Yuventus"ga taklif qildi

Mirjalol Normatov
2 dek 2018, 23:20
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

"Rai Sport" jurnalisti Chiro Veneratoning xabariga ko'ra, 28 yoshli posbonning agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini "Yuventus"ga taklif qildi. Oldinroq ispaniyalikning o'zi ham jamoani tark etishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

David MYU bilan shartnomasini 2020 yilning yoziga qadar uzaytirdi. U bu mavsumda MYU tarkibida 19 o'yinda 25 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RAI Sport