Meksika va Yamayka Kopa Amerika-2015da ishtirok etadi

Aziz Tukhtamuradov
30 may 2014, 20:18
KONMEBOL rasmiy saytining xayuar berishicha, Meksika va Yamayka terma jamoalari Kopa Amerika-2015 musobaqasiga taklif qilindilar.
Meksika Janubiy Amerikaning ushbu musobaqasida muntazam ravishda ishtirok etadi. Yamayka esa ilk bora ushbu turnirda qatnashadigan bo'ldi.
Avvalroq esa boshqa konfederatsiyalardan Kosta-Rika, Yaponiya, Gonduras va AQSH terma jamoalari ishtirok etishgandi.

Kopa Amerika-2015 turniri kelasi yilning 11 iyun-4 iyul kunlari Chilida bo'lib o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net