Meksika terma jamoasi darvozaboni Korona JCH-2014ga bormasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 08:25
Meksika terma jamoasining darvozaboni Xose Korona Braziliyadagi Jahon chempionati oldidan jiddiy jarohat oldi.
Isroilga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (3:0) Korona maydondan turayotgan vaqtda jamoadoshi Fransisko Rodriges bilan to'qnashib ketdi. Korona elkasidagi jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmadi.

33 yoshli posbon darhol shifoxonaga yuborildi. Katta ehtimol bilan Korona mundialda ishtirok etmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru