Mehroj Yunusov: "Debyut uchrashuvimda gol urganimdan xursandman"

Абдулвосит Бектемиров
12 iyul 2024
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Mehroj Yunusov Gvatemalaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz? 

- Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo ikkinchi taymda qiynaldik. Chiroyli tarzda g'alaba qozondik. Milliy terma jamoa safidagi debyutim. Vatanim shanini himoya qilayotganimdan juda xursandman. 

- Debyut o'yingizdayoq gol urdingiz. Dastlabki hissiyotlar qanday?

- Gol urganimdan quvondim. Barcha futzalchi terma jamoada to'p tepishni orzu qiladi. Jamoadoshlarimga ham rahmat aytaman.

- Terma jamoa tarkibidagi futzalchilar bilan kirishib kyetish muammo tug'dirmadimi? 

- Yo'q. Biz ahil jamoamiz. Barcha bir-biriga yordam bermoqda. 

- Keyingi uchrashuvga qadar nimalarni to'g'irlashimiz kerak deb o'ylaysiz? 

- Bugungi bahsdagi ayrim bir vaziyatlarda bir-birimizni tushunmay qoldik. Ushbu xatolarni bartaraf etishimiz kerak.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia