Mbappening onasi: "O'g'lim hech qachon aldamagan"

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2024, 15:35
Kilian Mbappening onasi Fayza Lamarining takidlashicha, Kilian hech qachon yolg'on gapirmaydi.

"O'g'lim 2022 yil PSJda qolganidan afsuslanmayman. Parijda tug'ilib, shu yerda katta bo'lib va "Park de Prens"da o'ynash katta ahamiyatga ega.

Kilian hech qachon yolg'on gapirmagan. U PSJ prezidentiga "Real"ga o'tishini aytib kelgan. "Real" bo'lmaganida o'g'lim Parijdan ketmagan bo'lardi.

Bu oson bo'lmadi, ammo afsusda emasmiz, yaxshi narsalarni eslash kerak" - dedi Fayza Lamari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo