

Uchrashuvda dublga erishgan Kilian Mbappe parijlar safidagi gollari sonini 156 taga etkazib, klub tarixdagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 2-o'rindagi Zlatan Ibragimovichga yetib oldi. Shved 180 o'yinda bunga erishgan bo'lsa, Mbappega 205 ta bahs talab qilindi.
Ulardan oldinda esa 200 ta gol (301 uchrashuv) bilan Edinson Kavani bormoqda.



