Mbappe: “Xotirjamlikka berildik va buning uchun tovon to'ladik”

Aslanov Jasurbek
21 noya 2020
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Monako”dan qabul qilingan (2:3) mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu ikki yuzli Parij edi. Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, ikkinchisida esa xotirjamlikka berildik va buning uchun tovon to'ladik. Chempionat doirasida mag'lub bo'ldik, ammo oldinda seshanba kuni bo'ladigan o'yin kutib turibdi. Bizning diqqat-e'tiborimiz unga qaratilgan. Bu umuman boshqa musobaqa, boshqa o'yin”, - deydi Mbappe.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe