Mbappe, Verratti va Kavani “Trua”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

3 mar 2018, 08:57
Fransiya chempionatining 28-turida PSJ “Trua” mehmoni bo'ladi.

Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri Mbappe, Verratti va Kavaniga “Real” bilan o'yindan oldin dam berishga qaror qildi. Emeri uchala yetakchisining muhim o'yin oldidan jarohat olishidan xavfsirab shunday qarorni qabul qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoa yetakchisi Neymar jarohat olib bir necha haftaga safdan chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Équipe