Mbappe va Rabo "Marsel" bilan o'yinga kech qolishgan ekan

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va yarim himoyachi Adrien Rabo "Marsel"ga qarshi Fransiya chempionatining 11-tur uchrashuvidan oldingi yig'inga kech qolishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu futbolchilarni asosiy tarkibga kiritmadi, biroq zaxiradan maydonga tushishdi va Mbappe gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'yin 2:0 hisobida parijliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Mbappe joriy mavsum Liga 1ning 7ta o'yinida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Rabo esa 10ta bahsda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport