Mbappe ushbu yozda PSJdan kyetmaydi

Mirjalol Normatov
10 avg 2023, 21:13
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi borasida muhim qarorni qabul qildi.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, futbolchi PSJda qolishni maqul ko'rgan va har qanday holatda ham jamoadan ketmaslikni istamoqda.

U shartnomasini yakuniga etkazib, erkin agent sifatida jamoadan ketmoqchi. U ushbu qarorini klub egasi Nosir al-Helayfiga etkazgan.

Mbappe o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 34 o'yinda 29 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien