Mbappe "Real"ga murojaat qildi

Alisher
23 may 2022, 16:04
PSJ forvardi Kilian Mbappe Parij klubi bilan shartnomani uzaytirganidan so'ng "Real"ga murojaat qildi.

"Chin dildan "Real" va uning prezidenti Florentino Peresni tabriklamoqchiman. Bunday buyuk klubning meni o'z safiga qo'shib olishni xohlashi omad va sharafdir. Xafalingizni tushunaman. Uyimda, Parijda, Chempionlar Ligasi finalida sizlarning birinchi muxlisingiz bo'laman.

Men tug'ilgan tug'ilib-o'sgan Fransiyada o'sishni davom ettirishdan juda ham xursandman. Bu menga orzularim ortidan quvish imkoniyatini beradi", - deydi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Mbappe Parij klubi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Oldinroq, uning ispan klubiga erkin agent maqomida o'tishi kutilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca