Mbappe "Real"da qaysi poziciyada o'ynamoqchi ekanligini aytdi

Оқил Абдубарноев
16 iyul 2024, 21:18
"Real Madrid"ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe qaysi poziciyada to'p tepishni xohlayotgani haqidagi savollarga javob berdi.

Bugun tantanali ochilish marosimidan keyingi ilk intervyusida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, murabbiy Karlo Anchelotti istagan joyda o'ynashni maqul ko'rishini aytdi.

"Murabbiy qaysi poziciyaga joylashtirishni xohlasa, o'sha yerda harakat qilaman. Men uchta poziciyada o'ynay olaman. Buni "Monako", PSJ va Fransiya terma jamoalarida uddalaganman. Jurnalistlar uchun qiziqdir lekin buni muhokama qilmoqchi emasman. Men shunchaki maydonda bo'lishni xohlayman. Qaysi poziciyada ekanligining ahamiyati yo'q. Men istagan narsa "Real Madrid"ga yordam berish", dedi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe "Qirollik klubi" safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Yangi klubida u 9-raqamli libosda maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 90min