Mbappe "Real" uni Evro-2024 startiga qadar Ronaldudek taqdim etishini xohlaydi

Alisher
22 fev 2024
Kilian Mbappe "Real"ning uni Krishtianu Ronaldudek taqdim etishini xohlaydi.

Hujumchi o'tgan haftada PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfiga yozda klubni erkin agent maqomida tark etishga qaror qilganini aytdi. Bu borada rasmiy ma'lumot chiqqanicha yo'q. Mbappe "Madrid"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Edu Agirrening xabariga ko'ra, Kilian "Real" uni Evro-2024 startiga qadar, aniqrog'i 14 iyungacha "Santyago Bernabeu"da taqdim etishini xohlaydi. Shu bilan birga, o'yinching PSJ bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.

"Mbappening g'oyasi – uni Evro boshlanishiga qadar "Santyago Bernabeu"ga qadar taqdim etishlari. U Krishtianu Ronaldudek taqdimot haqida o'ylamoqda", – deb ma'lumot beradi Agirre.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning 2009 yildagi "Bernabeu"da o'tgan taqdimotiga 85 000 nafardan ortiq inson tashrif buyurgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv