Mbappe qachon safga qaytishi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2025
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya kubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.

Eslatib o'tamiz, kubok uchun bahs Sevilyada 26 aprel sanasida bo'lib o'tadi.

Futbolchi o'ng oyog'idagi kichik jarohatdan deyarli to'liq forig' bo'lgan.

Shuningdek, u chempionatning 33-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi 23 apreldagi o'yinda qaydnomaga kiritilishi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq, Kilian chempionatning 32-turidagi "Atletik" bilan bahsni (1:0) o'tkazib yuborishiga to'g'ri kelgandi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: madriduniversal.com