Mbappe PSJning Fransiya chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylandi

Alisher
16 apr 2023, 09:10
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 31-turidan o'rin olgan “Lans”ga qarshi bahsda (3:1) 31-daqiqada hisobni ochdi.

“Lans” darvozasiga urilgan gol Mbappe uchun PSJ tarkibida Fransiya chempionatidagi 139-gol bo'ldi. Shu tariqa, Kilian milliy chempionatda gol urish bo'yicha PSJ rekordini yangiladi. Unga qadar rekord 138 ta gol bilan Edison Kavaniga tegishli edi.

Umumiy hisobda, 24 yoshli Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 35 o'yinda 31 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com