

Parijliklar ketma-ket ikki mavsum YCHLni 1/8 finalda tark etdi.
"PSJga YCHL g'olibligi uchun nimalar yetishmayotganini bilmayman, umuman olganda bu savol menga yo'naltirilishi ham noto'g'ri. Biz qo'limizdan kelganimizcha harakat qildik, nuqta. Bu savolni jamoani qurayotgan insonlarga berishingiz kerak.
Men o'z ishimni borimcha qilishga harakat qilyapman. O'tgan mavsumda terma va klubda 40taga yaqin gol urdim. Milliy chempionatning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldim.
YCHLda "Bavariya"ga qarshi o'yinda jarohat oldim va javob o'yinida jamoaga yordam bera olmadim. Guruh bosqichidagi o'yinlarda esa jamoaning asosiy futbolchisi bo'ldim.
Men sehrgar emasman, bazida futbolda o'tib bo'lmas to'siqlar bo'ladi. Mana nima sababdan savolni menga emas, boshqalarga berishingiz kerak", - dedi Mbappe.



