Mbappe PSJga qarshi sudda g'alaba qozondi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJga qarshi sud jarayonida g'alaba qildi.

Bu haqda "Le Monde" xabar bermoqda.

Uzoq davom etgan tortishuvlardan keyin sud Parij klubini futbolchiga 61 mln evro to'lashga majbur qildi. PSJ o'zining sobiq sardoriga 55 mln evro maoshdan, yana 6 mln evro esa qo'shimcha to'lovlardan qarzdor bo'lgan.

Parijliklarda apellyaciya berish uchun vaqt bor edi, biroq ular avval boshda aybini tan olmagan bo'lsa ham, apellyaciya kiritmadi. Bu esa Kilian baribir 61 mln evro olishini anglatadi. 

Mbappe ajoyib mavsum o'tkazmoqda va "Oltin to'p" uchun kurashdagi asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Monde