

“Kelajagim haqida hali bir qarorga kelganim yo'q, buni hamma biladi. Bunga ko'p sabablar bor deb o'ylayman. Agar qaror qabul qilganimda, buni e'lon qilardim. PSJda qolishim mumkinmi? Albatta”, deydi Mbappe.
23 yoshli francuzning klub bilan tuzgan shartnomasi joriy yozda o'z nihoyasiga etadi. Mbappe ushbu mavsum Fransiya chempionatida 27 o'yinda qatnashib, 17+13 natija ko'rsatmoqda.



