Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas

Mirjalol Normatov
2 dek 2019
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe rahbariyatning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga rad javobini bermoqda.

"Telefoot" xabariga ko'ra, ayni damda futbolchi kelajagi borasida o'ylamoqchi emas va bor e'tiborini futbolga qaratmoqchi. Bu paytda esa PSJ forvard bilan tezroq shartnoma imzolab, uni "Real"ning e'tiboridan olib qochmoqchi.

Mbappening ayni damdagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 10 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telefoot