Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Buning sababi aniq

Eldor Akmurzayev
8 apr 2021
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga o'tishga qaror qildi, deya xabar beradi “Cuatro” va “Cadena SER”.

Manbaga ko'ra, Mbappe parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamagan. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozigacha mo'ljallangandi.

Endi PSJ fransiyalikni sotish yoki shartnomasi tugagunga qadar klubda olib qolish masalasini ko'rib chiqishiga to'g'ri keladi.

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yozda yirik xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Madridliklar Mbappe bilan birga “Borussiya D” hujumchisi Erling Xolandni ham transfer qilmoqchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cuatro. Cadena SER