Mbappe “Man Siti”ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi?

Eldor Akmurzayev
4 may 2021, 21:30
YCHL 1/2 finali doirasida “Manchester Siti” – PSJ o'rtasidagi javob uchrashuvi 5 mayga o'tar kechasi soat 00:00 da start oladi.

Jurnalist Jyulen Meynard xabar berishicha, parijliklar forvardi Kilian Mbappe mazkur bahsni zaxiradan boshlaydi. U o'tgan hafta jarohat olgan va shu tufayli Liga 1'dan o'rin olgan “Lans”ga qarshi o'yin (2:1)ni o'tkazib yuborgandi.

Eslatib o'tamiz, Parijdagi uchrashuvda Pep Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Telefoot