Mbappe Kavani bilan birga PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar

Eldor Akmurzayev
27 fev 2023
Fransiya chempionati 25-turida PSJ safarda “Marsel”ni 3:0 hisobida engdi.

Parijliklar forvardi Kilian Mbappe uchrashuvda dublga erishdi va jamoadagi umumiy gollarini 200 taga etkazib olgan holda PSJ tarixidagi eng yaxshi to'purar Edinson Kavaniga tenglashdi.

Mbappe mazkur natija urugvaylikka qaraganda 55 ta o'yin kam o'tkazib erishdi, yani, 246 ga 301.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta