Mbappe: “Kambekka imkoniyatimiz bor”

Eldor Akmurzayev
15 fev 2023
PSJ forvard Kilian Mbappe YCHL 1/8 finalida “Bavariya” uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yin oxirida nimalar bo'lganini unutmasligimiz kerak. Mag'lub bo'ldik, ammo raqibga muammoa tug'dira olishimizni ko'rsata oldik. Keyingi bosqichga chiqishni o'ylagan holda ikkinchi uchrashuvda maydonga tushamiz.

Vaziyatni oldindan aytib bo'lmasdi, zaxiradan tushishim esa rejada yo'q edi, ammo jamoadoshlarimga yordam berishni xohlardim. Kechayu-kunduz mehnat qildik.

Javob o'yiniga qadar barchamiz sog'lom bo'lishimiz, to'g'ri ovqatlanishimiz va yaxshi uxlashimiz kerak. To'liq tarkibda hujumkor futbol namoyish etsak, raqib uchun bu noqulaylik tug'diradi.

Kambekka imkoniyat borligini ko'rdim”, deydi francuz.

Eslatib o'tamiz, javob bahsi 8 mart kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Canal+