Mbappe jarohati tufayli "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 fev 2023, 14:13
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 21-turi doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yinda (3:1) jarohat oldi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi 21-daqiqada Ugo Ekitike o'rniga maydonga tushdi. "L'Equipe" xabariga ko'ra, futbolchi tizzasidan jarohat oldi va endi Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.

Shuningdek, "Monpele"ga qarshi o'yinda himoyachi Serxio Ramos ham jarohat oldi.  

PSJ – "Bavariya" o'yini 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe