Mbappe futbol klubini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2024, 19:16
Fransiya terma jamoasi va "Real"ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe futbol klubini sotib olmoqchi.

Forvard va uning oilasi Fransiyaning Liga 2 sida harakat qiluvchi "Kan" klubini sotib olmoqchi.

Klub yangi investorlar izlash jarayonida. "Kan"ning nazorat paketlaridan bir qismi "Oaktree Capital Management"ga tegishli hisoblanadi. Bu kompaniya "Inter" akciyalariga ham egalik qiladi.

Mbappe bolaligida "Kan"da to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC Sport