Mbappe Fransiya chempionatidagi eng tezkor golni urdi

Оқил Абдубарноев
22 avg 2022
Kilian Mbappe Fransiya chempionati doirasidagi "Lill" - PSJ uchrashuvining 8-soniyasida gol urdi.

PSJ Fransiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi o'yinda birinchi daqiqadayoq hisobni ochdi.

O'yin markazdan boshlandi va hujumchi Lionel Messi markaziy doiradan hujumchi Kilian Mbappeni raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Fransiyalik futbolchi birinchi teginishdayoq to'pni darvozabonning ustidan tashladi.

Bu gol Liga 1 tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi.

Mbappe bu mavsumda 2 ta o'yinda 2 ta gol urdi. Bungacha u "Monpele" darvozasini ishg'ol qilgandi (5:2).



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia