

“Yakshanba kungi (final bahsi 23 avgust kuni bo'ladi) bahsda bor kuchimni maydonda qoldirishga shaylanmoqdaman. YCHLni yutishni istayman. Tabiiyki, finalda francuz klubi “Lion”ni ko'rishni istayman. Agar biz o'z ligamizni qadrlamasak, kim uni qadrlaydi? Finaldagi raqib “Bavariya” bo'lsa ham bu yomon emas, ammo “Lion”ga qarshi bahs o'zgacha bo'ladi. Neymar bilan o'xshash jihatlarimiz bor. Ammo o'zimizga kamroq e'tibor qaratishimiz kerakligini ham bilamiz. G'alaba qozonishimiz uchun bizga jamoadoshlar kerak”, - deydi Mbappe.



