

"Men har doim "Real"ni aytaman. Yevropada ko'p yaxshi jamoalar bor, biz buni o'tgan yili yangi format orqali ko'rdik. Bu yil esa yanada yaxshiroq bo'ladi", - deydi Mbappe.
O'tgan mavsumda "Real" Chempionlar ligasi chorak finaligacha yetib borgan edi. Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi esa francuz klubi - PSJ hisoblanadi. Luis Enrike shogirdlari finalda Milanning "Inter" jamoasini yirik 5:0 hisobi bilan mag'lub etgan edi.



