Mbappe "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yindan oldin "Real" mashg'ulotida ishtirok etmadi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2025, 16:32
"Real" forvardi Kilian Mbappe YCHL 1/4 finali doirasida "Arsenal"ga qarshi javob bahsida to'pig'idan jarohat olgan.

Forvard Madrid klubining mashg'ulotida ishtirok etmagan. Mbappe Ispaniya chempionati doirasidagi "Atletik" klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Real" 31-turdan keyin 66 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif