Mbappe 2025 yildagi 61-golini urdi

Administrator
4 dek 2025, 00:17
"Atletik"ka qarshi kechgan bahsda Kilian Mbappe hisobni ochdi.

"Real" forvardi La Liga 19-turining qoldirilgan o'yinida 7-daqiqada bir necha himoyachini aldab o'tib, jarima maydonchasi chizig'idan zarba yo'lladi va gol urdi.

Bu fransiyalik futbolchining joriy kalendar yildagi 61-goli bo'ldi. U klub safida 54 ta, terma jamoa safida 7 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: OptaSports