Maykl Xenke "Ingolshtadt"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi
Aslanov Jasurbek
8 noya 2016, 17:43
Avvalroq "Ingolshtadt" bosh murabbiyi Markus Kauchinsi qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa bilan xayrlashgan edi.
Nemis klubi rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, Kauchinskiga yordamchi sifatida ishlagan Maykl Xenke "Ingolshtadt"ni vaqtincha boshqarib turadi. Klub rahbariyati yangi murabbiy izlashga kirishib ketgan.