

Futbol principlaridan kelib chiqib MYU uning birinchi raqamli tanlovi bo'lmasligi kerak edi.
"Sanches maoshini ko'paytirishni istadi. Lekin, u hujumkor o'yinchi, shu sabab u Gvardiola emas, Mourinyo jamoasiga o'tishga qaror qilgani meni hayron qoldirdi. Sanches katta maoshni tanlagani uchun uni ayblamayman. Lekin, futbol principlaridan kelib chiqib MYU uning birinchi raqamli tanlovi bo'lmasligi kerak edi.
Agar men himoyachi bo'lsam Mourinyo jamoasida o'ynashni afzal ko'rgan bo'lardim. Lekin, MYUda Sanches portugaliyalik murabbiyning talablariga moslashishi kerak. Bu esa uning o'yiniga ta’sir qiladi", - dedi Ouen.




