Maykl Babatunde "Mashal" bilan xayrlashdi

Iskandarov Abdulaziz
21 yanv 2025
Muborakliklar tarkibida o'zgarish.

O'tgan mavsum davomida “Mashal” jamoasi safida faoliyat olib borgan va jamoaning super ligaga yo'llanmani qo'lga kiritishida muhim hissa qo'shgan nigeriyalik legioner yarim himoyachi Maykl Babatunde jamoani tark etdi. 

Futbolchi o'tgan mavsumda Pro ligada 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати