Mayk Richards yoshligi haqida: "Bir marta men Los-Anjelesdagi kechada 90 ming dollar ishlatganman"

Alisher
29 avg 2020, 13:17
"Manchester Siti" sobiq himoyachisi Mayk Richards futboldagi katta pullar unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

"Yorqin mashinalarda, olmosli sirg'alarda va mutlaqo kulgili sarf-harajatlar qilganman.

Bir marta men Los-Anjelesdagi kechada 90 ming dollar ishlatib yuborganman. Men boshqa o'yinchilar bilan birga edim va to'lash navbati menga kelgan edi.

Biz bir shisha shampan uchun 30 ming dollar to'ladik", - deydi Richards.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail