Mayk Filan APLning avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2016, 13:55
"Xall Siti" bosh murabbiyi Mayk Filan Premer-liganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bu haqda Angliya chempionatining rasmiy sayti e'lon qildi.

Chempionshipdan Premer-ligaga yo'l olgan "Xall", joriy mavsumning ilk uchta uchrashuvida 2 ta g'alabaga erishdi va so'nggi daqiqalar o'tkazilgan gol tufayli "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'ldi.

Jamoa sardorlari va maxsus ekspertlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Filan ko'p ovoz to'pladi.

Oldinroq "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo muxlislar tomonidan avgustning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia