Maydonga pirotexnika vositalari uloqtirilishi oqibatida "Santos" ishtirokidagi o'yin to'xtatildi

Оқил Абдубарноев
7 iyul 2023, 00:21
"Santos" muxlislari o'zlarining "Vila Belmiro" stadionida Braziliya chempionati o'yinida jamoaning yomon o'yiniga qarshi norozilik bildirish uchun maydonga pirotexnika vositalari uloqtirishdi.

Voqea 2:0 hisobida oldinda borayotgan "Korintians"ga qarshi o'yinning 89-daqiqasida yuz berdi. Ayni damda “Santos” Braziliya chempionatida 13 ochko bilan 13-o'rinda, “Korintians” esa bir ochkoga ortda qolgan holda 15-o'rinda bormoqda. "Korintians" darvozaboni Kassio portlovchi moddalardan qochishga majbur bo'ldi. 

"Santos" jamoasi ham kiyinish xonasiga qaytish uchun policiya yordamiga muhtoj bo'ldi. Braziliya sport sudi bosh prokurori "Santos"ning navbatdagi - "Flamengo"ga qarshi o'yinini yopiq eshiklar ortida o'tkazishni so'ragan.

VIDEO

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Guardian