May oyining eng yaxshi darvozaboni uchun ovoz bering

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 13:42
O'zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga yetib keldi.

Mart oyi yakunlariga ko'ra Murod Zuxurov eng yaxshi deya etirof etilgan edi. Aprel oyida esa g'oliblik O'tkir Yusupovga nasib etgandi. Lekin may oyida eng yaxshi bo'lish uchun da'vogarlar safida yuqoridagi ikki darvozabon yo'q.

May oyining eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun nomzodlar:
Eldor Suyunov - “Paxtakor” - 4 o'yin - 2 ta quruq o'yin (5 ta seyv);
Botirali Ergashev - “Navbahor” - 3 o'yin - 3 ta quruq o'yin (6 ta seyv);
Evgeniy Cheremisin - “Qizilqum” - 3 o'yin - 1 ta quruq o'yin (9 ta seyv);
Dilshod Hamroev - “So'g'diyona”  - 4 o'yin - 2 ta quruq o'yin (5 ta seyv).
 
Takidlash joizki, Eldor Suyunov uchinchi oydirki eng yaxshi bo'lish uchun da'vogarlik qilmoqda.  Ammo hozircha u bu borada g'oliblikni qo'lga kirita olmadi. Botirali Ergashev bo'lsa ikkinchi marta da'vogarlar orasidan joy oldi.

Ovoz berishda PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi.  Muxlislar ovozi esa Championat.asia nashrida qabul qilinadi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz