Maxrez APL uchun yaralganini isbotlashda davom etmoqda

Sherzod Nurmatov
21 avg 2021
Bugun "Manchester Siti" qanot yarim himoyachisi Riyad Maxrez "Norvich" darvozasini ishg'ol etganidan xabaringiz bor.

Shu tariqa, jazoirlik futbolchi 2014/15 yilgi mavsumdan boshlab, yani ketma-ket sakkiz mavsumdan buyon Angliya Premer-ligasida gol urib kelmoqda. 

Maxrez shu paytgacha APLda 67 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. 

APL. "Manchester Siti" "Norvich"ni yirik hisobda mag'lub etdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia