Mavsumoldi turniri "Audi Cup"da qaysi jamoalar ishtirok etadi?

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2017, 14:47
Har yili Yevropada mavsum boshlanishidan avval Myunexda "Audi Cup" turniri o'tkaziladi.

Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Turnir mezboni sifatida "Bavariya" birinchi ishtirokchi bo'lsa, Yevropaning kuchli 3 ta chempionatidan jamoalar taklif qilindi. Ular "Atletiko", "Liverpul" va "Napoli".

Musobaqa yarim final bosqichidan boshlanadi va g'olib jamoalar finalda bellashishadi. Mag'lublar esa uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Turnir o'yinlari 1 va 2 avgust kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia