

"Tottenxem" klubining loyihasida APL va Chempionlar ligasini yutish bor. Men uchun bu 2ta yirik musobaqa. Albatta, men Liga kubogini va Angliya kubogini muxlislar uchun yutgan bo'lar edim, lekin bu bizning darajamiz emas. Agar biz tashqi kuboklarga bor etiborimizni berib Premer-ligani unutsak xato bo'ladi. "Uigan" o'z vaqtida Angliya kubogini yutgan. Hozir qayerda? 3-divizionda! Albatta, sovringa ega bo'lishni xohlayman, lekin darajani saqlash kerak", - deya Pochettinoning so'zlarini keltirdi "ESPN".




