Maurisio Pochettino: "Natijadan ajablandim"

Tolibjon Qosimov
24 fev 2017, 19:28
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'z maydonida "Gent" bilan o'tgan o'yindan keyin jamoasining Yevropa ligasidan chiqib ketganini izohlab o'tdi.

"Natijadan juda ham ajablandim. Bahsni juda yaxshi boshladik, gol urishimiz mumkin edi. Lekin qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik va shundan keyin biroz qiyin bo'ldi. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz jasur bo'ldik va vaziyatlar yaratdik. Yakunda ikkinchi golni urdik. Ammo, bundan ko'p ura olmadik. Ikkinchi bo'limda ancha faol harakat qildik", - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC