Maurisio Pinilya: “FIFA Suares kabi Payvuni ham qattiqqo'llik bilan jazolashi kerak”

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 11:28
Chili terma jamoasi hujumchisi Maurisio Pinilya FIFAdan futbolchilar bilan dahanaki jang qilgan Braziliya futbol federatsiyasi matbuot-kotibi Rodrigu Payvuni ko'proq o'yinga diskvalifikaciya qilishini so'radi.
“Bir o'yinga jazolash bu sharmandalik. Savolim bor, nega Suares tishlagani uchun faoliyati xavf ostida-yu, nega yuzga musht bilan zarba bergan bor yo'g'i bir o'yinga chetlatildi?
FIFA Suares kabi Payvuni ham qattiqqo'llik bilan jazolashi kerak. Chunki bu Suaresnikidan jiddiyroq hodisa” – deydi Pinilya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru