Mattias Zammer: "Bavariya"ning faqat ayrim futbolchilarigina mavsumga tayyor

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 17:33
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer Germaniya chempionati ikkinchi turidan o'rin olgan "Ayntraxt"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) futbolchilardan ko'proq narsa kutganini aytib o'tdi.
Dastlabki ikki turda Xosep Gvardiola shogirdlari g'alaba qozongan bo'lishsada, Zammer uchun ular etarlicha yaxshi o'yin namoyish eta olimagan.

"Imkon qadar tezroq hammasi maksimum darajada ishlayotganini ko'rishni istaymiz. Jamoa bir haftada ikki yoki uch o'yin o'tkazishga tayyor bo'lishi kerak. Ayni vaqtda faqat bir yoki ikkita futbolchi mavsumga to'liq tayyor ekanligini namoyish etyapti. Futbolchilar ko'proq ishlashi lozim. "Ayntraxt" bilan o'yin qiyin kechdi. Havo ham issiq bo'lgani va maysaning o'sgan ekani halal bergani rost. Biroq bu bilan o'yinni oqlab bo'lmaydi", dedi Zammer Bild nashriga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru