Matteus "Bavariya"ning kambekiga ishonadi

Mirjalol Normatov
18 apr 2023
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning YCHL yarim finaliga chiqishiga ishonishini aytdi.

"Bazida mo'jizalar bo'lib turadi, xo'sh, bu "Alyanc Arena"da bo'lmasligi mumkinmi? Agarda klubdagilar 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin kambekka ishonayotgan bo'lsa, men ham ishonaman. Futbolchi sifatida ham bunday holatlarga ko'p tushib turganman, jumladan "Bavariya"ga qarshi o'yinlarda ham. "Inter"da o'ynab yurganimda Myunxenda 0:2 hisobida mag'lub bo'lganmiz va javob o'yinida "Bavariya"ni turnirdan chiqarib yuborganmiz.

Tomas Tuxel jamoasida ishlar zo'r bo'lishi kerak: Zommer doimo to'pni ushlab olishi, xatto hujumchi ulgurmasa ham boshqa futbolchilar gollarni qalashtirib tashlashi kerak. Tuxel o'zining aqlli suhbatlari bilan jamoaga ta’sir o'tkaza oladi. Albatta, u Gvardiolarning uzoq yillik jamoasini o'zining 3 haftalik jamoasi bilan mag'lub etishi qiyin bo'ladi.

Undan tashqari, "Manchester Siti" o'zining yomon kunini o'tkazishi kerak. Biroq hozirgi daxshatli holatida Gvardiola jamoasidan bunday holatni kutish qiyin. Chempionat, Angliya Kubogidagi o'yinlar, "Bavariya"ning 3:0 hisobida mag'lub etilishi. Tarkibdagi futbolchilar bunga yo'l qo'ymaydi ham", - dedi Matteus.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild