

Matteusning hisoblashicha Rojer Shmidtning shogirdlari myunxenliklar uchun xavfli raqobatchiga aylanishi mumkin. 6 dekabrda bu jamoalar Germaniya chempionatining 6-tur doirasida o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv "Bavariya" maydonida o'tadi.
"Hozirgi mavsumda "Bayer" juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ularning o'yin uslubi "Bavariya" uchun xavfli bo'lishi mumkin. Leverkuzenliklar osonlikcha "Bavariya"ga to'pni berib qo'yishmaydi. Qiziq, "Bavariya" bu vazifani qanday uddalar ekan? Myunxenliklar bunday jamoa bilan xar doim uchrashavermaydi" - deydi Matteus.



