Matteo Darmian faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum

Alisher
28 dek 2019
"Parma" himoyachisi Matteo Darmian faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skira ma'lum qildi.

Qayd etish kerakki, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqmoqda.

Xabar qilinishicha, transfer yozda amalga oshiriladi. Matteo "Parma"ga qadar "Milan", "Padova", "Palermo", "Torino" va "Manchester Yunayted" jamoalarida o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira