Matich: "Chelsi" qizil kartochkasiz ham "Arsenal"ni yuta olardi"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 19:45
Chelsi futbolchisi Nemanya Matich "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.

"Ishonchim komil, "Arsenal" qizil kartochka olmaganida ham biz yaxshi o'yin ko'rsatardik va g'alaba qozona olardik. Bu haqiqiy "Chelsi" edi. Bo'lajak o'yinlarda ham o'z saviyamizni ko'rsatamiz deb umid qilaman. Bizda buning uchun vaqt bor. Bu muhim g'alaba bo'ldi", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goal.com