Matias Rosa: "Braziliyadan Amerika kubogi finalidagi mag'lubiyat alamini olishga harakat qilamiz"

Оқил Абдубарноев
4 okt 2024, 12:04
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Fransiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Argentina terma jamoasi a'zosi Matias Rosa Alemani saytimizga intervyu berdi.

"Fransiyaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi, ular jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega ekan. Qolaversa, ularda yuqori saviyadagi o'yinchilar bisyor. Bu esa bizni himoyaga ko'proq e'tibor qaratishga majbur qildi. Muhimi, g'alaba qozonishni uddaladik.

Finalda Braziliya bilan to'qnash kelamiz. Braziliya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligiga shubha yo'q. Biz ular bilan yaqinda Amerika kubogi finalida to'qnash kelgandik. O'shandagi mag'lubiyat uchun renvansh olishga harakat qilamiz. Finalda maksimal kuchimizni ishga solamiz", dedi Rosa.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Argentiga jahon chempionati finalida Braziliya bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia