Mateus Lima Kruz: "G'alaba golini kiritganimdan xursandman"

Iskandarov Abdulaziz
20 okt 2022
"Qizilqum" -"Nasaf" bellashuvining so'ngi daqiqalarida g'alaba to'pini kiritgan braziliyalik futbolchi Mateus Lima Kruz Navoiydagi bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Kecha yaxshi o'yinlardan biri boʻldi. Biz Navoiyga g'alaba uchun borgan edik.  Raqib jamoa ham o'z maydonida tabiiyki g'alaba uchun maydonga tushgan edi. Birinchi bo'limda bizda u qadar ko'p vaziyatlar bo'lmadi. Chunki raqib butun jamoa bo'lib yaxshi himoyalangandi. Ammo ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgardi va biz imkoniyatlardan unumli foydalanib muhim g'alabani qo'lga kiritdik. G'alaba to'pini kiritish menga nasib etdi. Bu vaziyatni men tasvirlab bera olmayman. Bu g'alabadan so'ng biz yanada kuchli jamoaga aylandik. Bizni oldinda yanada qiyin bellashuvlar kutib turibdi va biz bu uchrashuvlarda bor kuchimiz va shijoatimizni sarflaymiz. 

Muxlislardan esa ushbu bellashuvlarda jamoani yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolamiz"- deydi braziliyalik futbolchi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати