Mateus Fernandes "Palmeyras"ga o'tdi

Alisher
10 iyul 2021
Yarim himoyachi Mateus Fernandes faoliyatini vatanida davom ettiradi.

"Palmeyras" "Barselona" shartnomani bekor qilgan 23 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Mateus 2024 yilgacha to'lanishi kerak bo'lgan maoshining qolgan qismini "Barselona"dan undirish uchun sudga murojaat qilmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.

Fernandes 2020 yilning qishida "Barselona"ga "Palmeyras"dan 7 mln evro evaziga o'tgandi, bundan tashqari 3 mln evro ehtimoliy bonuslar sifatida ko'z tutilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: palmeiras.com.br